MAFKURAVIY LEGITIMLIK

MAFKURAVIY LEGITIMLIK — hokimiyatni mafkura yordamida oqlashdan iborat. Mafkura hokimiyatning xalq, millat yoki sinf manfaatlariga muvofiqligini, boshqarish huquqini asoslaydi. Mafkura kimga yo’naltirilganligiga va qanday g’oyalardan foydalanishga ko’ra mafkuraviy legitimlik sinfiy yoki etnik legitimlik tabiatiga ega bo’lishi mumkin, ya’ni jamiyatni boshqarish huquqiga muayyan sinf (millat) gina egaligi asoslanadi.