Magadha
Magadha — qadimgi Hindistondagi tarixiy viloyat va davlat; hozirgi Janubiy Biharniyag bir qismida joylashgan. Magadhaning yuksalishi miloddan avvalgi 7-asrdan boshlangan. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda, Bimbisara va Ajatashatru davrida Magadha qo’shni davlatlar bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borgani tufayli ancha kuchaygan. Magadha bir qancha eng muhim davlat birlashmalari, xususan, Nandlar (miloddan avvalgi 4-asr), Mauriyalar (miloddan avvalgi 4-2-asrlar) va Guptalar (milodiy 4-6-asrlar) imperiyasining negizini tashkil kilgan. Magadha qadimgi Hindistonning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi, shuningdek, ilk buddizm va jaynizm dinlari tarqalgan hudud bo’lgan. 10-asrga kelib «Magadha» atamasi muomaladan chiqqan.