Magazin
Magazin — 1) o’lchovlar Magazini — ma’lum aniqlikdagi maxsus tanlangan va elektr kattaliklarning umumiy o’lchovlar korpusiga joylashtirilgan komplekt. Qarshiliklar Magazini (izolyatsiyalangan manganin simli g’altak), sig’imlar Magazini (elektr kondensatorlar), induktivlik Magazini (induktivlik g’altaklari) keng qo’llaniladi. Magazinni o’lchash sxemasiga kiritib va kerakli kombinasiyada ulab, sxemada yuqori aniklikdagi elektr kattalik rostlanadi; o’lchovlar Magazini. O’lchash sxemalaridagi qarshilik, sig’im va induktivlikni o’zgartirish yoki rostlash uchun laboratoriya va tsexlarda ishlatiladi; 2) mashina, mexanizm, avtomat stanoklardagi bir xil elementlar turadigan quti. Masalan, fotoapparat Magazini; 3) bosmaxona shriftlari turadigan moslama (harflar Magazini); 4) avtomat qurollar (pistolet, pulemyot va boshqalar) da patronlarni joylashtirish uchun xizmat qiladigan quti, disk, baraban yoki moslama.