Magistral

Magistral (lotincha magistralis – asosiy) – 1) asosiy yo`nalish, yo`llardagi asosiy liniya (temir yo`l magistrali, suv magistrali); 2) katta shaharlardagi serqatnov keng ko`cha; 3) elektr tarmog`i, telegraf va telefon aloqadagi asosiy kabel sim; 4) kanalizatsiya, vodoprovod yoki gaz tarmog`idagi asosiy quvur; 5) sug`orish tarmog`ida suv havzasi, daryo, kanaldan sug`oriladigan yerlarga suv oqadigan asosiy taqsimlash kanali.