Magnit-elektr asbob

Magnit-elektr asbob, magnitoelektrik o’lchash asbobi — o’zgarmas elektr toki va kuchlanishini o’lchash uchun mo’ljallangan o’lchash asbobi. Ishi doimiy magnitning magnit maydonlari bilan g’altakda oqayotgan elektr tokining o’zaro ta’sirlashuviga asoslangan. Qo’zg’almas magnit va temir o’zak orasida aylanadigan g’altakli (ramkali) Magnit-elektr asbob keng tarqalgan. Bu asbobda g’altak (ramka) ni mil bilan birga aylantiradigan kuch tok kuchiga teng. Qo’zg’almas magnitli va qo’zg’aluvchan magnitli Magnit-elektr asboblar ham bor. Magnit-elektr asboblar tashqi magnit maydonlar va temperatura o’zgarishlarini deyarli sezmaydi, shuning uchun aniq o’lchaydi. To’g’rilagichlar (o’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantiruvchi asboblar) bilan birga Magnit-elektr asboblar o’zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladi, o’lchash o’zgartirgichlari bilan birga esa temperatura, bosim va boshqalarni o’lchash mumkin.