MAGNIT SINGDIRUVCHANLIK
MAGNIT SINGDIRUVCHANLIK – magnit maydon N ta’sir qilganda muhit magnit induktsiyasi V ning o’zgarishini tavsiflovchi fizik kattalik; ts b-n belgilanadi. Izotrop muhitlarda ts=V/tsa-N (Xalqaro birliklar tizimi si da), u0 — magnit doimiysi; anizotrop kristallarda M.s. — tenzor. M. s. magnit kabulchanlik % b-n qu-yidagi munosabat orqali bog’langan: ts =1+4 TSh (SGS birliklar tizimida), u=l+Z (si birliklar tizimida). Fizik vakuum uchun (modda yo’kligida) %=0 va D=1. Diamagnetiklarda %<0 va ts<1, para – va ferromagnetiklarda x>0 va D>1. ts statik yoki o’zgaruvchan magnit maydonda aniqlanishiga qarab, uni mos ravishda statik yoki dinamik M.s. deyiladi. Muhitni o’zgaruvchan maydonlarda magnitlanishiga uyurma toklar, magnit qovushoklik va rezonans hodisalar ta’sir qilishi sababli, ushbu M.s.lar qiymatlari o’zaro mos kelmaydi.