MAGNITIK SOVITISH

MAGNITIK SOVITISH – 1 K dan past t-ralar hosil qilish; 0,3 K dan past t-ralarni olishning amalda qo’llaniladigan ikki usulidan biri (ik- kinchi usul — suyuq geliy 3ne ni suyuq 4Ne da eritish). Paramagnit moddalar- ni adiabatik usulda magnitsizlantirib amalga oshiriladi (q. Adiabata). 1926 y.da P. Debay va amerikalik fizik u. Jiok taklif etgan. 1933 y.da amalga oshirilgan. M.s.da Nodir er elementlari (mas, gadoliniy sulfat), xromkaliyli, temir-ammoniyli achchiktoshlar va b. Pa- ramagnit moddalar ishlatiladi. Paramagnit modda kuchli maydoniga joylashtirilsa, uning atom spinlari tartibli yo’nalib magnitlanadi. Agar shu paramagnit modda magnitsizlanti- rilsa, uning t-rasi pasayadi. Paramagnit tuz magnitlanganda ajralgan issiklik kameraga tuldirilgan gaz b-n suyuq Ge- liyga o’tkaziladi. Magnit maydonini yo’qotishdan oldin kamera 1 dagi gaz kran orqali vakuum nasos b-n so’rib olina- Di, ya’ni paramagnit tuz suyuq geliydan ajratib qo’yiladi. Keyin tuzning mag- nitsizlanishi natijasida uning t-rasi ~10~3 K gacha pasayadi. Magnitik sovitish kurilmasining sxemasi: №va S — magnit qutblari. M.s.da past t-ralar (-10 2 K) magnit termometriya usullari b-n o’lchanadi. Suyuq geliyning o’ta past t-ralardagi xossalarini (mas, o’ta oquvchanligini), qattiq jismlardagi kvant holatlarini, shuningdek, yadro fizikasining ko’pgina masalalarini o’rganishda M.s.dan foyda- laniladi.