Magnitik yozish
Magnitik yozish – tovush (nutq, musiqa) ni magnitli axborot eltuvchi (magnit lenta, magnit disk va b.) ga mag- nit usulida yozib olish va qayta eshitti- rish. Tovushni yozib olishda axborot el- tuvchi yoki ayrim qismlarining qoldiq magnit holati tovush signallariga mo- NAND o’zgaradi. Tovushni qayta eshit- tirishda teskari jarayon yuz beradi va shunga muvofiq ravishda tovush signal- lari hosil bo’ladi. Axborot eltuvchining magnitlanish yo’nalishiga, signallarni yozib olish va kayta eshittirish kanalla- rida yuz beradigan o’zgarish turiga hamda magnit kallakka signal tokidan tashqari qo’shimcha magnitlaydigan o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok berilishiga qarab, M. yo.ning bir necha usullari qo’llaniladi. Tovushni yozib olishda Diktofon, magni- tofon, tasvir va tovushni yozib olishda videomagnitofon va axborotni juda aniq M. yo. da aniq magnitik yozib olish apparatlaridan foydalaniladi. M. yo.da yozib olish kanali kirishiga (mas, magnitofon kuchaytirgichiga) tush- gan elektr signallar kuchaytiriladi va o’zgartiriladi. Kanalning oxirgi qismi magnit kallak hisoblanadi. Magnit kal- lakda vujudga keladigan magnit maydon kallak chulg’amidagi tokka mutanosib bo’ladi. Magnit maydon harakatlanib turgan magnit lentaga (yoki magnit Di- ekka va b.) ta’sir qilib, uning ayrim qismlarini magnitlaydi va magnitli yozuv yo’lini hosil qiladi (tovush mag- nit lentaga yozilib qoladi). Magnitli yozuv yo’li hosil bo’lgan magnit lenta signalogramma deb ataladi. Tovush- ni qayta eshittirishda signalogram- ma harakatlanishi mobaynida magnit kallak chulg’amida yozib olingan tovush signallarini eltuvchi e. yu. k. (elektr yurituvchi kuch) ni paydo qiladi. Tovush- ni kuchaytirish qurilmasi signallarni kuchaytirib va tovushga aylantirib bera- Di. Tovush radiokarnaylar orqali eshit- tiriladi. Tovushni yozib olish jarayoni qancha tez amalga oshirilsa, tovush shuncha sifatli chiqadi: mas, tovush chastotalari 30 Gts — 16 kgs oralikda bo’lgan elektr tebranishlarni magnitofonda yozib olish uchun magnit lentaning harakatlanish tezligi 9,5 sm/s bo’lishi kifoya. Vidio- magnitofonda 10-15 MGs gacha chastota- lar oralig’idagi signallarni yozib olish uchun magnit lentaning harakatlanish tezligi 50 m/s gacha oshirilishi lozim.