Magnitmas materiallar
Magnitmas materiallar, nomagnit materiallar — magnit xossalari past (magnit kirituvchanligi ts<1,5) bo’lgan diamagnit va paramagnit materiallar. Bronza, latun (jez) va boshqa rangdor qotishmalar, magnitlanmaydigan po’lat va cho’yan, ba’zi polimerlar Magnitmas materiallar hisoblanadi. Austenit tuzilishli po’lat va austenit bilan grafit tuzilishli cho’yan amalda ko’p ishlatiladi. Austenit tuzilish hosil qilish uchun ular Ni (nikel) va Mp (marganes) bilan legirlanadi. Magnitmas materiallardan prujinalar, kompas qutilari, suv osti kemasi asboblari, periskop detallari, termobimetallar, tok tarqatish shchitlari va boshqa magnitlanmaydigan narsalar tayyorlanadi.