MAHALLA

MAHALLA — O’zbekistonda ma’muriy-hududiy birlik; o’zini o’zi boshqarishning xalqimiz an‘analari va qadriyatlariga xos bo’lgan usuli. «Mahalla» atamasi arabcha bo’lib, «o’rin-joy» degan ma’noni anglatgan. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Mahalla kichik ma’muriy hudud bo’lishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, an‘analar, urf-odatlar umumiyligi bilan bog’langan kishilar jamoasi birligidir.