Mahallat ul-Kubro, Al- Mahal lat ul-Kubro
Mahallat ul-Kubro, Al- Mahal lat ul-Kubro — Misrning shimoliy qismidagi shahar. G’arbiya muhofazasida, Nil daryosi deltasida. Aholisi 400 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yo’llari tuguni. Oziq-ovqat (sholi oqlash) sanoati korxonalari bor.