MAHALLIY SOLIQLAR VA YIG’IMLAR

MAHALLIY SOLIQLAR VA YIG’IMLAR – mahalliy budjetga olinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to’lovlari. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig’i, yer solig’i, reklama solig’i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, savdosotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im, avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar.