Mahmud Muzahhib

Mahmud Muzahhib (15-a. oxi- ri -16-a. 60-y.lari, Buxoro) — naqqosh, musavvir. Kamoliddin Bexzodnint sho- girdi. Ijodi Hirotda boshlangan. Ras- som dust Devona, xattot Sultonali Mashhadiy b-n hamkorlik qilgan. Ilk asarlaridan Alisher Navoiy portreti (Mashhaddagi ostoni Quds majmuasi- da), Abdurahmon Jomiyning «Devon»i (Vashingtondagi Lafayet unti kutubxo- nasida) va b. qo’lyozmalarga ishlagan mi- niatyuralari bizgacha etib kelgan. 1507 y.dan Buxoroda yashagan, Buxoro minia- tyura maktabi badiiy uslubining shak- llanishiga katta hissa qo’shgan. M.M. yaratgan asarlarida badiiy ifoda vo- sitalari lo’nda, aniq, por-tretlarida psixologik tasvir etakchi. M.M. ijodi- da Sa’diy va Jomiy asarlari alohida o’rin tutadi. Sa’diyning «Bo’ston» (asarning uchta qo’lyozmasini bezagan: Lissabondagi K. Gulbekyan majmuasi- da, Londondagi Keyr majmuasida va b.), Nizomiyning «Mahzan ul-Asror» («sir- lar xazinasi», 1545; Parijdagi mil- liy kutubxonada), Jomiyning «Tuhfat ul-Ahror» (1545, sobiq o. Omber maj- muasida va Parijdagi Milliy kutubxo- nada), «ba-horiston» (1551, sobiq E. de Lorey majmuasida), «Yusuf va Zulayho» Maxmud Muzaxxib. «Bazm» («Ravzat ul- Muhibban» asariga ishlangan miniatyu- ra, Buxoro, 16-a.). (1561, Nyu-Yorkdagi sobiq Kevorkyan majmuasida) asarlari va b. qo’lyozmalarni bezagan. «Shoir portreta» (1538-39, Nyu- Yorkdagi sobiq Kevorkyan majmuasi- da), «Shahzoda portreti» (1562-63 va 1570 — 71, Istanbul majmuasida), «Oshiqlar», «uch raqqosa», «Pari», «ku- rash» (Mashhaddagi ostoni Quds majmu- asida) kabi mustaqil asarlar ham yarat- gan. Ad.: Usmonov O., Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi, T., 1977; Ash – Rafi M. M., Bexzad i razvitie bu- xarskoy shkoli miniatyuri XVI v., Du- Shanbe, 1987. Abdumajid Madraimov.