Mahmud Sulton

Mahmud Sulton, Mahmud Bahodir Sulton ibn shoh Budog’Sulton ibn Abul-xayrxon (1454-1504) — shay- boniy sultonlardan, Muhammad Shaybo- niyxonning ukasi. 3 yoshida qalmoqlar xoni O’ztemurtoyshi qo’liga tushib, 7 yil tutqunlikda bo’lgan. Akasining barcha yurishlarida faol ishtirok et- gan. 15-a. oxirida Dashti Qipchoqdagi qozoq xonlari (Burunduqxon, Qosimxon) b-n kurashgan. Shayboniyxonning Movarounnahrga qilgan yurishida qatnashgan (1500-04). 1501 y. Qorako’lda shayboniylarga qarshi ko’tarilgan xalq ko’zg’olonini shafqatsizlik b-n bostir- gan. 1502 y. yanv.-Fev.da Jonibek sul – ton b-n O’ratepa, Xo’jand atrofidagi qishloqlarga va Chirchiq bo’yidagi tuman- larga bosqinchilik yurishi qilgan. 1503 y. shayboniylarning Xorazmga qilgan yurishiga rahbarlik qilgan. Shayboniy- lar Toxariston, Qunduz, Bag’lon va ba- daxshonni Xusravshohdan tortib olish- gach, bu erlar M.s.ga berilgan (1504). Biroq M. s ko’p hokimlik qilmagan, bir oz vaqtdan keyin Qunduzda vafot etgan. M.s. Samarqandda dafn etilgan. M.s. saroyida ko’plab mashhur shoirlar, tarixchilar ijod qilishgan. Chunon- chi, «Fathnoma» asari muallifi mul- la Shodi, «Shayboniynoma» muallifi Muhammad Solih, «Tarixiy Rashidiy» muallifi Muhammad Haydar va b. ma’- lum muddat uning huzurida FA-oliyat ko’rsatishgan. Ad.: Mirza Muxammad Xaydar, Tarix-i Rashidi. T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vv., Alma-Ata, 1969.