Mahmudov Saidahmad

Mahmudov Saidahmad (1909.12.3, Qo’qon — 1998.2.9) — naqqosh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at ar~ bobi (1989). O’zbekiston ba faxriy a’zosi (1997). Naqqoshlikni otasi usta Saidmahmud Norko’zievagm. o’rgangan. 1928 y.dan «Quyosh» artelida naqqosh. Otasi b-n jamoat binolari (choyxona va klublar)ni bezashda ishtirok etgan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-43). Navoiy teatri binosidagi Farg’ona za- lini bezashda ishtirok etgani (1946— 47) dan so’ng mustaqil usta si-fatida faoliyat boshladi. M. Farg’ona vodiysiga xos naqqoshlik maktabi an’-analarining rivojlanishi va boyitilishiga katta hissa qo’shdi, uning ijodiga bezakning me’moriy shakl b-n, ranglarning o’zaro uyg’unligi, naqsh mujassamoti echimi- ning puxtaligi xos. M. O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’izistonda ko’plab ma- daniyat saroylari, klub, mehmonxona, choyxonalarni bezadi: Qo’qondagi «baxt uyi», «Ustoz», «guldasta» choyxonalari, Farg’onadagi «Paxtakor» kzining klub, choyxona va mehmonxonasi, O’zbekiston tumanidagi avtovokzal, Qo’qon moy-yog’ k-tining choyxona va profilaktoriysi, Toshkentdagi «Farg’ona» choyxonasi va b. Qo’qondagi Xudo-Yorxon saroyi (hoz. shahar o’lkashunoslik muzeyi) zallarini ta’mirlashda ustaning mahorati namoyon bo’ldi. 1963 y.dan Qo’qon sh. o’quvchilar saroyidagi naqqoshlik to’garagida, key- inchalik «ustoz — shogird» usulida ko’plab shogirdlar tayyorladi.