MAHMUDOVA ANOR MADAMINOVNA

MAHMUDOVA ANOR MADAMINOVNA (1942.2.5, Gurlan tumani) — ilg’or o’qituvchi, O’zbekiston qahramoni (2004). Xorazm pedagogika institutini tugagan (1964). 1964 yildan Gurlan tumanilagi 1-maktabda matematika o’qituvchisi, 1972 yildan 35-hunar bilim yurti direktori, 1984 yildan Gurlan shahri xalq ta’limi bo’limi mudiri. 1986 yildan Gurlan tumanidagi 5-maktab direktori. Mahmudova xalq ta’limi sohasida muhim va dolzarb masadalarni mustaqil hal etishga layoqatli rahbar sifatida tanilgan. Keyingi yillarda maktabda matematika, fizika, ona tili fanlari bo’yicha tajriba-sinov ishlari olib borildi, maxsus sinflar soni oshdi. Maktabda Mahmudova rahbarligida byudjetdan tashqari mablag topish, marketing xizmati namunali yo’lga qo’yilgan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).