Mahr

Mahr — nikoh vaqtida kuyov tomo- nidan kelinga ajratiladigan doimiy va shaxsiy mulk. Bu nikoh shartnomasi tuzilayotgan vaqtda kuyovning kelinga M. to’lash majburiyatidir. M. miqdori kuyov- ning ijtimoiy ahvoli va uning oilasi roziligiga bog’liq bo’lgan va nikoh shar- tnomasi tuzilayotgan vaqtda ikki tomon roziligi b-n belgilangan. Shu b-n birga M. kelinning shaxsiy mulki hisoblangan. Odatda, M. 2 kiemga bo’lingan: 1) eri va- FOT etgan holatda merosning tarkibida- gi ko’chmas mulk hisoblangan; 2) beva ayol meros bo’linmasdan oldin M. ni bo’lib olinishiga yo’l qo’ymaslik huquqiga ega bo’lgan. M. er vafot etgan holatlarda yoki ular asossiz ajralishgan vaqtda qaysidir darajada ayolga moddiy yordam bo’lib xizmat qilgan. Odatda M. uchun bir uy, bir ayvon, unga barobar sahn b-n hovli, sog’in sigir va b. berilar edi. M. Imom huzurida ikki erkak guvohligida e’lon qilingach, nikoh O’qilgan. M. be- rish odati Qur’on asosida shari-atda qonunlashtirilgan. Ba’zi bir mutaxassislar «maxr» va «qalin» so’zlariga bir xil ma’- nodagi atama sifatida qarashadi. Ammo, qalindan M.ning farqi shunda- ki, qalin bu kelinning ota-onasi yoki qarindoshlariga to’lanadigan to’lovdir. Kelinga M. to’lash majburiyati musulmon xalqlarida ma’lum darajada saqlanib qolmoqda.