Mahzuna

Mahzuna (taxallusi; asl ism- sharifi mehribon mulla Boshmon qizi, taxm. 1811, Qo’qon — ?) — o’zbek shoirasi. Qo’qonning Qatag’on daha Mulla Boshmon mahallasidan bo’lib, otasi mahalla mas- jidi imomi Mulla Boshmon Oxunddir. Ota-onasi qo’lida savod chiqargan, Arab, fors tillarini mukammal o’rgangan. Na- voiy, Jomiy, Fu-zuliy va b. ijodidan ta’sirlangan, o’zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan. Hayoti va ijodi haqida «Majmuai shoiron» (Fazliy), «Tazkirat ush-shu-aro» (Hashmat) tazkiralarida ay- Rim ma’lumotlar uchraydi. Fazliy tazki- rasida M.ning oqila va hozirjavobligi, Qo’qonda mashhur shoira ekanligi ay- tilgan. Hashmat, Pisandiy, tarixchi Ahmadjon to’ralar ham M.ning barkamol shoiraligini xabar qiladilar. Uning she’riy qobiliyati, shaxsiy fazilatla- ri haqida eng ko’p va iliq fikrlar yozib qoldirgan yagona shoir hozircha Fazliy- dir. Fazliy: «garchi ul zaifa bo’lsa ham, nutqining mazmundorligi jihatidan erkaklardan ustundir», deydi. Faz- liy b-n M.ning mashhur mushoirasi, «Oshiq bo’lmisham» (O’zbekcha) Muxamma- si, «sahbo» (forscha) g’azaligina bizgacha etib kelgan. Devoni saqlanmagan. Ad.: Jalolov T., O’zbek shoiralari, T., 1980; Po’latjon Domla Qayyumov, Tazki- Rai Qayyumiy, 1daftar, T., 1998.