Maji-maji qo’zg’oloni

Maji-maji qo’zg’oloni (1905 -07) — Germaniyaning sobiq mustamlakasi bo’lgan Sharqiy Afrikadagi xalqlarning mustamlaka zulmiga qarshi ko’targan qo’zg’oloni. Nomi mo’jizaviy kuch — suv va sorgo doni («majimaji») dan tayyorlangan doriga e’tiqod qilish bilan bog’liq bo’lib, qo’zg’olonchilarning tasavvuriga ko’ra, bu ularni dushman o’qidan asragan. Qo’zg’olon german qo’shinlari tomonidan bostirilgan. 120 ming Afrikalik o’ldirilgan, ayrim qabilalar butunlay yo’q qilib tashlangan.