MAJUSIYLIK

MAJUSIYLIK — 1) zardushtiylikning musulmonlarda atalishi; 2) yakkaxudolik paydo bo’lgunga qadar vujudga kelgan diniy e’tiqodlar, marosim va bayramlarni ifodalash uchun ishlatiladigan atama. «Majusiylik» tushunchasi sehrgarlik, animizm, fetishizm, totemizm kabi ibtidoiy din shakllarini ham ifodalaydi.