Mak-Kinli

Mak-Kinli (Me Kinley), Uilyam (1843.29.1, Nayls, Ogayo shtati — 1901.14.9, Buffalo, Nyu-York shtati) — AQShning 25-prezidenti (1897— 1901), Respublikachilar partiyasi va AQSh kongressi a’zosi (1877 yildan). Mak-Kinli mamlakatga kiritilayotgan tovarlarga bojxona tarifini oshirish (o’rtacha 50% miqdorida) to’g’risidagi qonun tashabbuskori (1890). Mak-Kinli hukumati Ispaniya-Amerika urushini boshlagan (1898), Xitoyda «ochiq eshiklar» doktrinasini e’lon qilgan (1899). Anarxist tomonidan o’ldirilgan.