Makarov Pavel Leontevich
Makarov Pavel Leontevich (1949.30.5, Toshkent) — dirijyor, kom- pozitor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1991), polkovnik (1992). Moskva konservatoriyasining harbiy dirijyorlik f-tini tugatgan (1977). 1987 y.dan Turkiston harbiy okrugi, so’ngra O’zR Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlar xizmati boshligi, alohida namunali-ko’rgazmali xarbiy orkes- trning badiiy rahbari va bogi dirijyor. Uning rahbarligidagi orkestr turli rasmiy tadbirlarda katnashadi, shuning- dek, O’zbekistonda va xorijiy mamlakat- lar (Afgoniston, AQSh va b.)da gastrol- da bo’lgan. Repertuaridan harbiy maro- sim kuylar b-n birga O’zbekiston kom- pozitorlari asarlari (S.Yudakovning «Jonajon O’zbekiston», D.Zokirovning «Bayramona marsh», M.Tojievning «Bay- Ramona uvertyura» va b.), mumtoz simfo- nik musiqa namunalari (P.Chaykovskiy, R. Vagner va b.), jaz musiqasi (g.Miller, U.Xendi va b.) asarlari urin olgan. Harbiy orkestr uchun ko’pgina marsh (shu jumladan, o’z R Qurolli kuchlarining rasmiy musiqiy ramzi bo’lgan «Qurolli Kuchlar marshi», shuningdek, «Amir Te- Mur marshi», «gvardiyachilar marshi», «Vatan» va b.) va qushiqlar («O’zbekiston lochinlarimiz». «Harbiylar qo’shigi» va b.) yaratgan.