Makedoniya
Makedoniya (Makedonija), Ma- kedoniya Respublikasi (Republika Makedonija) — Jan. Evropada, Bolqon ya.o.ning Markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 25713 km2. Aholisi 2,046 mln. kishi (2001). Poytaxti — Skope sh. Ma’muriy jihatdan 30 tuman (rayon)ga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1991 y. 17 noyab. da qabul qilingan, 1992 y. 6 yanv. da tu- zatishlar kiritilgan. Davlat boshligi — prezident (1999 y.dan Boris Traykov- skiy), umumiy teng va to’g’ri yashirin ovoz berish yo’li b-n fukarolar tomonidan 5 y. mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat — rais va vazirlardan iborat hukumat. Tabiati. M. hududining ko’p qismini o’rtacha balandlikdagi (2764 m gacha) tog’lar egallaydi. Ular oralig’ida dara- lar va dare vodiylari bor. Tez-tez zil- zila bo’lib turadi. Iqlimi — mo»tadil- kontinental, Jan.da O’rta dengizga xos iqlim. O’rtacha t-ra yanv.da 5° — 7°, iyulda 24°-26°. O’rtacha yillik yog’in 500 mm. Asosiy daryolari — Vardar va Strumi- tsa, katta ko’llari — Oxrid, Prespa. Tog’ yon bag’irlarida — aralash o’rmon (aso- san, dub va Buk) hamda butazorlar, 2000 m dan balandda — tog’yaylovlari, foy- Dali qazilmalardan xromit, marganes, qalayrux, mis va temir rudalar, surma, uran, magnezit konlari bor. Aholisining 66,5% makedonlar; al- banlar (22,9%), turklar (4%). lo’lilar (2,3%), serblar (2%), musulmon-sla- vyanlar (2,1%) ham yashaydi. Rasmiy til — makedon tili. Dindorlarning ko’pchiligi — pravoslav xristianlar; sunniy mu- sulmonlar ham bor. Aholisining 54% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Skope, Bitola, Prilep, Kumanovo, Ox- Rid. Tarixi. M. Respublikasi 1918 y.da Serbiya tarkibidagi Serb, xorvat va slo- venlar qirolligi (1929 y.dan — — var- dar M.si hududida tashkil topgan (q. Ma- kedoniya, tarixiy viloyat). Yugoslaviya qirollitida yuqori mav- qega ega bo’lgan serb hukmron doiralari milliy zulm siyosatini o’tkazib, «Make- Doniya» nomini rasmiy iboradan chiqarib tashladilar, ijtimoiy-iqtisodiy va si- yosiy asoratga, buyuk serb zulmiga, jumla- dan, majburan serblashtirish siyosatiga qarshilik harakati vujudga keldi. Ilg’or ijtimoiy kuchlar faollik ko’rsata bosh- ladi. 1941 y. apr.da Vardar M.sining ko’p qismini Bolgariya, qolgan erlarini ita- liya bosib oldi. Bosqinchilarga qarshi xalq qurolli kurashga otlandi. 1945 y.da M. ozod etiddi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tarkibidagi 6 Respu- blikaning biriga aylandi. 1991 y. 25 yanv.da M. suvereniteta haqida Deklara- tsiya qabul etildi va o’sha yili 17 noyab. da M. suveren, mustaqil, demokratik re- spublika deb e’lon qilindi. M. — 1993 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatini 1994 y. 31 dek.da o’rnatdi. Milliy bayrami — 2 avg. — Respublika kuni. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Umummakedoniya inqilobiy tashki- loti — M. milliy birligi demokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; demokra- tik alternativa partiyasi, 1998 y.da tashkil etilgan; Liberaldemokratik partiya, 1997 y.da tuzilgan; M. demokra- tik partiyasi; albanlar demokratik par- tiyasi; M. sosialdemokratik Ittifoqi, 1943 y.da M kommunistlar Ittifoqi nomi b-n tuzilgan va 1991 y. 20 apr.dan hoz. nomi b-n yuritiladi; M. sosialistik partiyasi, 1990 y.da asos so- lingan. M. kasaba uyushmalari konfede- rasiyasi. Xo’jaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sano- atning ulushi 55,6%, q.x.ning ulushi 16,8%. Qora va rangli metallurgiya, ma- shinasozlik, kimyo-farmasevtika sano- ati, konchilik rivojlangan. Polimer, ayrim turdagi stanoklar, sa-noat asbob- uskunalari, q.x. mashinalari, avtode- tallar, sovitkichlar ishlab chiqariladi. Binokorlik ashyolari, o’tga chidamli materiallar, shisha, chinni i. ch. yo’lga qo’yilgan. To’qimachilik, o.ziq-ovqat, yog’ochsozlik, ko’n-poyabzal, tamaki sanoa- ti, vinochilik rivoj topgan. Yiliga 5,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlanib borayotir. Q. x.da dehqonchilik ustun. Tama- ki, paxta, Sezam, uzum, sabzavot va me- valar, oziq-ovqat ekinlaridan bug’doy, makkajo’xori, sholi ekiladi. Qo’ychilik va qisman, qoramolchilik, parrandachi- lik, balikchilik b-n shug’ullaniladi. O’rmonlarda yog’och tayyorlanadi. Sayyohlik yaxshi yo’lga qo’yilgan. T. y. uzunligi — 0,7 min g km, AV- tomobil yo’llari uz. — 10,6 ming km. Chetga kiyim-kechak, gazmol, mashina va asbob-uskuna, doridarmon, mebel, q.x. mahsulotlari sotadi. Pul birligi — de- nar. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. M.da 7-15 yoshdagi bolalar uchun 8 y.lik asosiy maktab do- irasida majburiy boshlang’ich ta’lim joriy etilgan. Shu maktab negizida o’rta umumiy ta’lim maktabi — gimna- ziya va kasb-hunar maktabi tashkil etil- gan. Yirik oliy o’quv yurtlari: Skopeda un-t (1949 y.da tashkil qilingan, uning huzurida iqtisodiy i.t. in-ti bor) va ped. akademiyasi. M. fan va san’at aka- demiyasi, milliy tarix in-ti, folklor, geol., veterinariya in-tlari, Oxrid sh.da gidrobiol. in-ti, Strumisa sh.da pax- ta in-ti, 20 ga yaqin ilmiy jamiyat mav- jud. Skopeda xalq kutubxonasi, un-t kutubxonasi, tarixiy arxiv, arxeologiya (1924), tarix (1926) muzeylari, rasmlar galereyasi (1948), etn. muzeyi (1949), Ox- ridda tarix va raem muzeylari bor. Matbuoti, radioeshittirishi, tele- kursatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi.Eng yiriklari: «Nova Makedoniya» ( «yangi Makedoniya», make- don tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1944 y.dan), «birlik» ( turk tilida chiqadigan gaz., 1994 y.dan), «Vecher» ( «oqshom», kundalik gaz.,1963 y.dan), «Pule» (haftalik gaz.,1991 y.dan), «Trudbenik» («mehnatkash», haftalik gaz.), «Flyaka evellazerimit» ( alban tilidagi gaz.,1945 y.dan). MAK- faks — M. axborot agentligi 1993 y.da tashkil etilgan. M. radiosi 1944 y.dan, teleko’rsatuvi 1964 y.dan ishlay boshla- gan. Adabiyoti. Makedon adabiyotining vujudga kelishi va davrlarga bo’linishi muammolari mamlakat olimlarining il- miy ishlarida har xil bayon etilgan. K. Misirkov (1874-1926)ning ilmiy fao- liyati bu sohada muhim ahamiyatga ega. U makedon adabiy tilining hoz. fonetik va morfologik tuzilishiga yakin namu- nasini yaratdi. Shoir K. Ra-Tsin (1908— 43) zamonaviy makedon she’riyatining asoschisi xisoblanadi. K. Nedelkovski (1912-41), M. Bogoevski (1919-42) va b. vatanparvarlik ruhida asarlar yara- tishdi. 2-jahon urushidan keyingi davr yozuvchilari ozodlik kurashi voqealarini asosiy mavzu qilib oldilar. 60-80-y. larda roman va qissa janrlari rivoj- landi (S. Yanev-ski, D. Solev, S. Drakul, Y. Leov, G. Abajiev, J. Chingo va b.). Dramaturgiyada V. Iloski, K. Chashule, T. Arsov-skilar ijod qildi. M.da turk va b. xalqlar adabiyoti ham mavjud. Me’morligi va tasviriy san’a- ti. M. hududida mil. AV. 4-6-a.lardan shaharlar (Stobi, Skupi, Gerakleya) xa- robalari saqlangan. Ular orasida doira- Simon manzilgohlar, tosh va guvaladan qurilgan uylar, tarashlanmagan xarsang- dan tiklangan istehkomlar, qad. yunon- cha qabrlarni eslatuvchi oltin niqobli sag’analar, odam va hayvonlarning oltin va jez haykallari bor. O’rta asrlarda M. me’morligi Vizantiya ta’sirida ri- vojlangan: Skope devorlari (6-a.), shoh Samuil qasri (11 -a. boshlari), Strumi- tsa qo’rg’oni (11-a.), Oxriddagi ayo Sofiya ibodatxonasi bazilika tipida qurilgan. 12— 14-a.lardagi diniy inshootlarda bir yoki besh xochsimon gumbazli ibo- datxonalar toifasi qaror topdi. Tur- klar hukmronligi davrida masjidlar, minoralar, mezanasimon turar joylar qurildi. 18-19-a.lardan monastir majmualari va turar joy namunalari saqlanib qolgan. 19-a. oxiri va 20-a. 30-y. larigacha hoz. M. hududidagi shaharlarda evropacha eklektizm ruhidagi qorishiq me’morlik uslubida binolar rejasiz, tartibsiz qurilgan. Keyingi yillarda shaharlar bosh reja asosida qayta ku- rila boshlandi, yig’ma temir-betondan yirik sanoat inshootlari barpo etildi. 1963 y.gi Skope zilzilasidan keyin shahar markazini yapon me’mori K. Ton-Ge loyihasi asosida tiklashga kirishil- Di. Keyingi yillarda barpo etilgan eng katta inshootlar — Skopedagi kasaba uyushmalari uyi (me’mor S. Brezovski), Tarix muzeyi (me’mor g. Konstantinov- ski), M. xalq teatri (me’mor M. Krato- noshich), Prilepdagi shahid jangchilar yodgorlik majmuasi, Petrovtsedagi Aero- port bi-nosi va b. M.da amaliy bezak san’ati, o’ymakorlik va b. rivojlangan. Oxrid- dagi 11-a.ga oid ayo Sofiya ibodatxonasi, Nerezidagi 12-a.ga mansub avliyo pante- Leymon cherkovi devorlariga ishlangan rasmlar M. hududidagi eng qad. Tasviriy san’at yodgorliklaridir. 13-14-a.larda Evtixis va Mixail kabi rassomlar er- kin syujet asosida nozik tabiat manza- ralarini chizdilar. 18-a. 2-yarmi va 20-a. 1-yarmida makedon rassomlari Frchkoski- lar oilasi, J. Zografski va D. Andonov umumevropa rangtasviri ruhida ijod qilib, vatanpar-varlik kompozisiyalari, portretlar, peyzajlar yaratdilar, xalq turmushini aks ettirdilar. Zamonaviy makedon tasviriy san’atida rassomlik, haykaltaroshlik, grafika, amaliy bezak san’atining har xil turlari rivojlan- gan. Musiqasi. Xalq musiqasi xilma-xil va o’ziga xos bo’lib, asosan, 2 ovozli qo’shiq va cholg’u kuylaridan iborat. Musiqa as- boblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chali- nadigan turli sozlar bor. Doyra bo’lib qo’shiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlari- da M.da musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-ma’rifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895 y. Skopeda duxovoy orkestr, 1907 y. «Vardar» qo’shiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928 y. S. Arsich birin- chi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi iste’dodli kompozitorlar etishib chiqdi. 2-jahon urushi davrida- gi xalq ozodlik kurashida qo’lga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorla- ri vatanparvarlik ruhidagi ommaviy ko’shiqlar ham yaratishdi. 60— 80-y.lar- da g. Prokopev, K. Makedonski, T. Zo- grafski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppa- si (1947), folklor in-ti (1950), radio xori (1945), o’rta musiqa maktabi, Oliy ped. in-tida musiqa kafedrasi mavjud. M.ning O’zbekistondagi madaniyat kun- lari doirasida tosh-kentda 20-a. kom- pozitorlari asarlaridan kontsertlar o’tkazilgan. Teatri. 1901 y.da «tashvish va tasal- li» deb atalgan targ’ibot-vatanparvarlik teatr truppasi tashkil etildi, 1913 y.da Skopeda birinchi doimiy serb Xalq teatri ochildi. 20-30-y.larda ishchi va talabalarning havaskorlik teatr ja- moalari vujudga keldi. 1945 y.da SKO- pedagi Xalq teatri M. xalq teatri deb atala boshladi. Teatr tarkibida drama va balet truppalari bor. M. sahnalarida mahalliy dramaturglar, jahon klassika- si va xorijiy mualliflarning asarlari qo’yiladi.