MAKKAJO’XORI KASALLIKLARI

MAKKAJO’XORI KASALLIKLARI — zamburug’, bakteriya va VI- ruslar vujudga keltiradigan kasalli- klar. 70 dan ortiq turi ma’lum. Ko’p tarqalganlari:urug’va maysalarning mog’orlashi. Uni Penicillium va b. zam- burug’lar paydo qiladi. Kasallangan urug’sirtida ko’kimtir, kulrang yoki boshqa tusdagi g’ubor bo’ladi, bun- Day urug’unib chiqmaydi. Urug’kamroq kasallangan bo’lsa, ekkanda maysa chiqadi, lekin er osti qismi zararlan- gan bo’ladi, 4-5 barg chiqarguncha o’sib, keyin o’sishdan to’xtaydi; pufaksimon qorakuya. Ustilago zeae Unger. zamburug’i tug’diradi. Zamburug’havo orqali yuqib, makkajo’xori so’tasi, popugi, poyasi, bar- gi va ba’zan ildizi bo’g’zini zararlaydi. Kasallangan organlarda oqimtir dog’ hosil bo’lib, turli kattalikdagi pufak- ka aylanadi. O’simlikyaxshi rivojlan- maydi. Chzngsimon qorakuya. Sorosporium Reilianum Me. Alp. zamburug’i tug’diradi. Zamburug’o’simlik poyasi o’sib, gullash davrida so’tasi va popugini zararlaydi. Kasallangan so’tada shish paydo bo’lib, bu shish oldin oq yoki pushti parda b-n qoplanadi, ichi esa to’q jigarrang va qora chang massaga aylanadi. O’simlik o’sishdan to’xtaydi, shoxlab ketadi, barglari kengayadi, hosil tugmaydi. Gelmintosporioz. Helmintosporium turcicum Pass, zamburug’i tug’diradi. Barg, barg qo’ltig’i, don qobig’i, ba’zan so’talar zararlanadi. Kasallangan organlarda jigarrang hoshiyali malla, yirik, cho’ziq dog’lar hosil bo’ladi. Ular bir-biri b-n qo’shilib, yiriklashadi, kasallangan to’qimalar quriydi, ko’k poya va don hosili kamayibketadi. Bakterial so’lish. Bacterium Stewarti zamburug’i tug’diradi. O’simlikning pastki barglarida och yashil chiziq dog’lar hosil bo’lib, dog’lar keyinchalik sarg’ayadi, asta-sekin butun barg bo’ylab uzun yo’llar hosil bo’ladi, so’ngra barglardan poyalarga va yuqorigi barglarga o’tadi, o’simlik so’liydi. So’ta bakteriozi. Bacillus mesentericus vulgarus Fluggl. bakteriyasi tug’diradi. Zararlangan donlarda, ayniqsa, so’taning yuqori qismida dumaloq, yarasimon dog’ paydo bo’ladi. Kurash choralari: almashlab ekish; o’simlik qoldiqlarini yo’qotish; erni kuzda shudgorlash, urug’ni ekishgacha dorilash, urug’likni sog’lom o’simliklardan tayyorlash, kasallikka chidamli navlarni ekish, zararkunanda, hasharotlarga qarshi vaktida kurashish va b. Sulton Alimuhamedov.