Makvis, makkiya

Makvis, makkiya – qattiq bargli, tikanli doim yashil bo`ta va daraxtchalardan iborat chakalakzorlar. Makvis, ko`pincha, O`rta dengiz mamlakatlari tog`larining O`rta qismlariga (700 m gacha) xos, o`tib bo`lmas bo`tazorlar hosil qiladi. Makvis tagida bir yillik o`tlar o`sadi. Ko`pchilik o`simliklar tarkibida o`tkir hidli efir moylari bor.