Makvis, Makkiya

Makvis, Makkiya (Fransuzcha maquis, koreyka tilida macchia) — qattiq bargli, tikanli doim yashil buta va daraxtlardan iborat chakalakzorlar. Makvis, ko’pincha, O’rta dengiz mamlakatlari tog’larining o’rta qismlariga (700 metrgacha) xos, o’tib bo’lmas butazorlar hosil qiladi. Makvis ko’proq qattiq bargli kesilgan o’rmonlar o’rnida paydo bo’ladi. O’t qoplami, asosan, bir yillik o’tlar. Ko’pchilik o’simliklari tarkibida o’tkir hidli efir moylari bor.