MALAKKA BO’G’OZI

MALAKKA BO’G’OZI – Malakka yarim oroli bilan Sumatra oroli o’rtasidagi bo’g’oz. Andaman va Janubiy Xitoy dengizlarini birlashtirib turadi. Uzunligi 937 kilometr, eng kambar joyining kengligi 15 kilometr, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 12 metr. Bo’g’ozga Janub tomondan kiraverishda Singapur porti joylashgan.