Malik ul-kalom
Malik ul-kalom (Arabcha — so’z podshosi) — ijodkorning yuksak qorbiliyati, badiiy-poetik mahorati va shuhratini e’tirof etish, uning o’z davri, zamondoshlari adabiy muhitida tutgan yetakchi mavqei, obro’-e’tiborini ko’rsatish uchun qo’llangan unvon. Malik ul-kalom so’z san’atida o’ta yuksak marralarga, ijod cho’qqilariga ko’tarilgan, o’ziga zamondosh va Halaf ijodkorlar uchun ustoz darajasiga etgan so’z san’atkorlaridir. Shu ma’noda Alisher Navoiy keksa zamondoshi Mavlono Lutfiyni shu unvonga loyiq ko’rgan va «Majolis unnafois» tazkirasida «Mavlono Lutfiy o’z zamonasining Malik ul-kalomi erdi. Forsiy va turkiyda benazir erdi», deb qayd qilgan edi.