Mamadqulizoda Jalil
Mamadqulizoda Jalil (ta- xallusi Mulla Nasriddin, 1866.22.2, Naxi-chevan-Arake — 1932.4.1, Boku) — Ozarbayjon yozuvchisi, jamoat arbo- bi va jurnalist. «Mulla Nasriddin» nomli hajviy jur. asoschisi (Tiflis, 1906 — 31). M. qisqa hikoyaning ustasi, satirik talanti ko’proq shu janrda na- moyon bo’lgan. Ilk asari — «eshakning o’g’irlinishi» qissasi 1894 y. nashr etilgan. M. «Donobosh qishlog’idagi voqealar» (1894), «pochta qutisi», «usta Zaynal» (1906), «O’liklar» (1909), «Tel- balar yig’ini» (1936) va b. asarlar mu – allifi. «Onamning kitobi» (1919), «Donobosh qishlog’ining maktabi» (1921) kabi hajviy asarlarida ozar- bayjon xalqining milliy uyg’onishi ko’rsatilgan. M.ning xalqona va o’z dav- rining dolzarb muammolari ko’tarilgan hajviy asarlari Ozarbayjon, fors va turk adabiyotida satira janrining rivo- jida muhim o’rin tutadi. Ayrim asarla- ri o’zbek tiliga tarjima qilingan.