Mambetova Suluvxon
Mambetova Suluvxon (1933.1.1, Chimboy) — qoraqalpoq aktrisasi va xonandasi. Qoraqalpog’iston (1963), Uz- bekiston (1969) xalq artisti. Nukus musiqaxoreografiya bilim yurtining vokal bo’limini tugatgan (1967). Chim- boy tuman teatri aktrisasi (1948— 50), Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat filarmoniyasi (1950-67), Qoraqalpog’iston radio va televideni- esining xalq cholg’ulari orkestri (1967 y.dan) yakkaxon xonandasi. Shirali, ifo- daviy imkoniyatlarga boy ovoz sohibasi. Repertuaridan Qoraqal-poq xalq qo’shiqlari, «Alpomish», «g’arib oshiq», «Sayotxon Hamro» kabi dostonlardan par- chalar («Miyan ko’l», «Bibisanam», «tog orasida», «Eshboy», «Muxalles», «sa- nam keldi» va b.), zamonaviy qo’shiqlar («Quvontirar meni», «yangajon», «duto- Rim mening», «Oltin qo’llar», «intizo- ringman» va b.), qoraqalpoq kompozitor- lari asarlari (A. Sultonov, «Gong sha- mollari»; X. Turdikupov, «Do’stimga», «Shodlik sozi»; «Qadringni bil», «Bo’lmasa» va b.), shuningdek, o’zbek (say- Fi Jalil, «noz etma»; M. Mirzaev «Ey, Vatan», «sochlarim tolimtolim» va b.), turkman («Avezim», «Go’ro’g’li» dostoni- dan) va b. xalqlar qo’shiqlari o’rin olgan. Mame (o’zlarini mam deb atashadi) — Gvatemala (250 ming kishi) va Meksi- ka b-n qo’shni tumanlarda (10 ming kishi) yashovchi indeys xalqi. Mayyakiche oilasi- ga mansub tillarda so’zla-tshadi. Dindor- lari, asosan, katoliklar.