Ma’muriy binolar
Ma’muriy binolar – davlat muassasalari va jamoat tashkilotlari uchun mo’ljallab qurilgan binolar. M. b. xonalari asosiy (xizmatlar xonasi, bo’linmalari, qabulxona, muzokara va majlislar zali), xizmat ko’rsatuvchi va yordamchi xonalar (vestibyul, garderob, kutubxona, arxiv, oshxona, sanuzel xona- lari, zinapoya, liftlar va b.) guruhlarga bo’linadi. Yirik shaharlarda M. b. in- dividual loyiha bo’yicha quriladi. Ular shahar qiyofasini o’zgartirishga, me’mo- riy ansambllarni tashkil etishga xizmat qiladi. Mac, Toshkentdagi Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy xiyoboni, Amir Temur xiyobonidagi M. b. va b. Oxirgi o’n yillikda ma’muriy binolar majmuasi- ni bank muassasalari, biznes markaz- lar, mehmonxonalar turkumidan iborat imoratlardan shakllantirish keng rusm bo’lmoqda.