MA’MURIY JAVOBGARLIK
MA’MURIY JAVOBGARLIK – fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (ma’muriy or- gan) oldidagi jinoiy bo’lmagan javob- garligi. Bu davlatning majburlov cho- rasi bo’lib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun qo’llaniladi. M. j. da odatda, jazo berayotgan ma’muriy organ b-n huquq normasini buzgan shaxs o’rtasida xizmat yuzasidan bo’ysunish munosabatlari bo’lmaydi. M. j. shunisi b-n in-tizomiy javobgarlikdan farq qiladi. M. j.ga tortilganlar sudlangan hisoblanmaydilar, ma’muriy jazo chora- lari engil va muddati qisqa belgilana- Di. M. j. to’g’risidagi qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasining Ma’mu- rii javobgarlik to’g’risidagi kodeksi, Uzr qonunlari, O’zR Oliy Majlisining qarorlari, O’zR Prezidentining Far- monlari, O’zR Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respubli- kasi qonunlari, Qoraqalpog’iston Re- spublikasi Jo’qorg’i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent sh. Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent sh. hokimlarining qarorlaridan iborat.