Mandolina

Mandolina (ital. mandolino) — lyutnya oilasiga mansub torli tirnama musiqa cholg’usi. Italiyada paydo bo’lib, 17-a.da hoz. shaklga ega bo’ldi. 18-a.dan M. — eng sevimli italyan xalq cholg’usi, 19-a.dan Evropa (jumladan, ba’zi tur- kiy xalqlar — tatar, boshqird va b.) da ommaviylashgan. 4-6 juft torlari kvinta bo’yicha sozlanadi, tovushi tiniq, jarangdor va kuychan. Bir necha xillari (Neapolitan, Florentsiya M.lari, Mando- la va b.) mavjud. Yakka, jo’rovoz hamda orkestr cholg’usi sifatida ishlatiladi. Kompozitorlar ham (Betxoven, A. VI- Valdi va b., O’zbekistonda F. Leysek) M. uchun asarlar yaratishgan.