Mandub
Mandub (Arabcha — tavsiya etilgan, lozim topilgan) — shariat hukmlaridan biri (farz, muboh, makruh, harom bilan birga). Dindorlar uchun bajarish lozim topilgan, tavsiya etilgan, lekin majbur hisoblanmagan amallar (masalan, belgilanganidan ortiq xayr-sadaqa qilish, jahlni bosish, qarzlarni kechib yuborish, jumadan tashqari vaqtlarda ham masjidga bot-bot chiqib turish, mehmondo’st bo’lish, yo’lni ko’rsatib qo’yish va shu kabilar) Mandub hukmiga kiritilgan. Ixtiyoriy bajariladigan bir qancha urf-odatlar Mandub hisoblanadi, ular mohiyatan sunna qo’ygan talablardan keyin turadi, ba’zan ular ayni mazmunda ham talqin etiladi.