MANFIY TEMPERATURA

MANFIY TEMPERATURA – o’zgarmas umumlashgan koordinata f. da ichkin energiya E o’zgarishiga qarab en- tropiya S o’zgarishi manfiy («^ZT/ < 0 bo’lgan tizim t-rasi. M.t. tushunchasi termodinamikaning asosiy tenglama- si, statistik fizika va kvant mexanika qonuniyatlaridan kelib chiqadi. M.t.li tizimni 1951 y.da amerikalik fiziklar E. Parsell va R. Paund kuzatganlar. Agar kristall kuchli magnit maydonga joy- lashtirilsa, yadro spinlari qisman may- don yo’nalishi bo’yicha yo’naltiriladi. Bunda t-ra ortishi b-n yo’naltirilish kucheizlanadi va etarli darajada yuqori t-ra (T—>+°°) da kuchli maydon bulsa- da, yo’naltirilish yo’qoladi va tizim chegaralangan katta energiya zaxirasi- ga ega bo’ladi. Chegaralangan energiya qiymatidan kattaroq energiyani tizimga kiritish davom ettirilsa, hamma yadro spinlar yo’nalishi maydon yo’nalishiga qarama-qarshi bo’lgan holat yuzaga kela- Di. Bu holat M. t.li bo’ladi. M. t.li ti- zim sun’iy holda olinadi. Mutlaq nol t-raga erishish mumkin emasligiga asos- lanib, t-ra shkalasini quyidagi sxema bo’yicha ifodalash mumkin: +0K, +1, +2, …, ->, – ~, …, -2, -1K. Bu erda mil traning ortish yo’nalishini ko’rsatadi. Jism T=+0K da o’ta sovuq, T=—0K da o’ta issiq bo’ladi. M.t. tushunchasi radiofizikada kup uchraydi.