MANG’ISHLOQ NEFT-GAZ RAYONI

MANG’ISHLOQ NEFT-GAZ RAYONI — Qozog’istonning g’arbiy qismida, Mang’ishloq ya. o.da joylash- gan. Uning neft va gaz b-n bog’liq qismi Mang’ishloqjan.dagi egilmada. Egil- maning uz. 300 km, eni 130 km. Rayon- ning neftgazliligi 1961 y.dan ma’lum bo’lgan, 1965 y.dan neft chiqarila bosh- lagan. 15 dan ortiq neft, neftgaz va gaz konlari ochilgan. Geologik jihatdan Mang’ishloq Jan. Turon plitasida joy- lashgan. Eng qad. yotqiziklar Perm va trias davriga mansub. Ular Markaziy qismida 4 km chuqurlikda yotadi. Kesimda- gi yotqiziqlar, asosan, terrigen jinslar- dan iborat. Sanoat ahamiyatiga ega neft- gazlilik trias, yura va bo’r yotqiziqlari b-n bog’liq. Bu yotqiziqlardagi neftgaz qatlamlari qalinligi 1 m dan 25 m gacha bo’lib, quduqlar debiti 25 ming m3/sut- ka. Yura mahsuldor qatlamining foydali kalinligi 65 m, gaz debiti 800 ming m3/ sutkaga teng. Eng’yirik neftgaz konla- ri: Uzen, tanga, Shaxpaxti, Jetiboy va b. Barcha konlardagi neftning fizik va kimyoviy xususiyatlari o’xshash: engil, s. of. 0,82—0,87 g/sm3, smola mikdori 4,5— 19,4% parafin ko’p (12-29%), oltingu- gurt deyarli yo’q. Gazlari metanli bo’lib (90%), og’ir uglevodorodlar miqdori kam (1-2%), qovushqoqligi ham yuqori emas.