Mango

Mango (Mangitfera) — pistadosh- lar oilasiga mansub, doim yashil daraxt- lar turkumi; meva turi. Vatani — Jan. va Jan.-Sharqiy Osiyo. M.ning 40 dan or- tik, turi mavjud. Hindiston M.si (M. indica) tropiklarda etishtiriladigan aso- siy mevali daraxtlardan hisoblanadi. Bo’yi 10-45 m, quyuq bargli, ko’p shoxli, barg shakli nishtarsimon, ba’zan tuxum- Simon, to’q yashil, xushbo’y. Gullari ikki jinsli, mayda, ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi ovalsimon, kattali- gi bodring b-n qovun oralig’ida bo’lib, uzun meva bandlari yordamida novdalar- da osilib turadi. Sirti sariq. Danak- li mevalar turkumiga kiradi. Etining rangi sariq, xomligida nordon, pishib etilgach, shirin, mayin, sersuv, xushbo’y. Mevasi yangiligida eyiladi, sharbatlar tayyorlanadi, konserva sanoatida qayta ishlanadi (q. Tsitrus o’simliklar).