MANITUVEYJ
MANITUVEYJ – Kanadaning on- tario provintsiyasidagi kolchedanli ku- mushmisrux rudalari konlari guruhi. Yuqori ko’ldan shim.da joylashgan. 1950 y.dan Geko va Uaylroy konlaridan, boshqa konlardan 1964 y.dan qazib oli- nadi. Ruda maydoni arxey davrining amfibolit va kristalli sla-neslari, shuningdek, ularni yorib o’tgan metamor- fiklashgan gabbrodiabaz jinslaridan tuzilgan. Qatlam va linza shakllaridagi ruda tanalari kristallik slaneslar va amfibolitlar orasida deyarli gorizon- tal holatda joylashgan. Rudadagi asosiy minerallar: pirit, pirrotin, sfalerit; qolgani — xalkopirit, galenit; noru- dasi — kvars. Razvedka qilingan ruda zaxirasi 40 mln. t dan ziyod. Ruda tarki- bidagi Zn 3,7 -4,6%, Si 1,9 -2,1%, Sn 0,32%; Ag 55 -69 g/t. Ruda karer usulda va er ostidan qazib olinadi.