Manjeta

Manjeta (Fransuzcha manchette — eng) — mashinalarning birikmalaridagi zichlovchi detal; suyuqlik yoki gazning yuqori bosimli bo’shliqdan past bosimli bo’shliqqa sizib chiqishiga yo’l qo’ymaydi. Manjeta o’ziga xos P-kesimli halqa ko’rinishida charm, rezinadan tayyorlanadi. Halqaning tsilindrik sirti birik – madagi qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas detallar orasidagi tirqishni zichlab turadi va suyuqlik (moy, yonilg’i, suv) va gazning sizib chiqishiga, ish bo’shlig’iga chang va loy kirishiga to’sqinlik qiladi.