Mann
Mann — 1) qad. og’irlik o’lchov bir- ligi; qiymati Xorazmda 15-a.gacha 1m. 3 qadok, ya’ni 1,255 kg, 17-a.da 10 va 12 qadoqqa teng bo’lgan. 19-a. o’rtalaridan asosan, 1m.=48 qadoq =480,409512 kg =19,657 kg bulgan. Buxoroda 1671 y. 1m =5120 misqol =25,6 kg bo’lgan (1 misqol = 5G). Buxoro «katta og’irligi»da 1m = 25600 misqol = 128 kg. 1723 y. ma’lumot- lariga ko’ra, Qarshida 1m = 10 qadoq = 4,095 kg, Samarqandda 1m = 20 kg ga teng bo’lgan. Toshkentda M. o’rnida ko’proq botmon ishlatilgan: 1 Toshkent botmo- ni, asosan, 10,5 pud = 171,995 kg bo’lgan. Hindistonda 14-a.da 1m = 12,832 kg, Boburiylar davrida M.ning bir necha turlari bo’lgan. Shulardan Akbarshoh M.i, ya’ni Akbariy M.i. 25,156 kg ga teng bo’lgan; 2) qad. yuza ulchov birligi, mamlakatimiz xududida ekin maydonla- rini ulchashda qo’llanilgan; qiymatlari ham har xil. Amalda «katta og’irlik M.» guruhi er maydonini o’lchashda ko’proq qo’llanilgan. To’ppi M.idagi (boshqacha nomi — mani taki) donning og’irligi 4,32 kg bo’lgan (14-a; Buxoro). Demak, to’ppi M.i 4,32 kg don ekilgan may- donni ifodalagan. Katta og’irlik M.i. Samarqandda (15-16-a.lar.) 20 kg ga, bu- xoroda (19-a.) 1m = 2 tanob bo’lgan. Xo- razmda esa 1 tanob erga 5 botmon bug’doy (1 botmon = 20 kg) ekilgan. Og’irlik o’lchovi M.ining qiymatlari har xil bo’lgani uchun ularga mos keladi- gan maydonlar ham har xil bo’lgan.