Mann (Mann) Tomas
Mann (Mann) Tomas (1875.6.6, Lyubek — 1955.12.8, Syurix) — nemis yozuvchisi. Genrix Mann (1871— 1950)ning ukasi. M. dastlabki yirik asari — Lyubek asl- zodalari naslining to’rt avlodi taqdiri to’g’risidagi romani «Buddenbroklar» («Bir oila inqirozi») b-noq keng jamo- atchilikka tanilgan. M.ning novellalari («Tristan», 1923, «Tonio Kreger», 1903 va b.) adibning eng yaxshi asarlari sana- ladi, ularda san’at odamlarining tur- mush urinishlari mahorat b-n tasvir- langan, ruhiy holatlar nozik berilgan, engil yumor b-n lirizm uyg’unlashgan. «Sehrli tog'» (1924) romanida ljahon urushi arafasida nemis jamiyati g’oyaviy hayoti manzaralari aks etgan. 20-a. dagi eng yaxshi falsafiy romanlardan hisoblangan mazkur asarida muallif ne- mis tarbiyaviy romanlari an’analarini davom ettirgan. 1933 y.da Germaniyada hokimiyat tepasiga nasistlar kelganidan keyin M. vatanidan chiqib ketib, Shvey – tsariyada, keyin (1938 y.dan) AQShda yashadi. Yozuvchining «Mario va sehrgar» (1930) novellasi, shuningdek, Injil Syu- jeti asosidagi «Iosif va uning akala- ri» (1933-43) tarixiy tetralogiyasiga fashizmga qarshi g’oyalar singdirilgan. «Lotta Vaymerda» (1939) romani Gyote ijodi haqidagi ko’p yillik uylar nati- jasi. «Doktor Faustus» (1947) romani German fashizmi kelib chiqishiga sabab bo’lgan ma’naviy illatlarning tub il- dizlari haqida. M. 20-a. jahon adabiyo- tining mumtoz vakili sanaladi. U roman janri doirasini kengaytirib, uni yangi ijtimoiy falsafiy ma’no b-n boyitdi. Nobel mu-kofoti laureati (1929).