Mannoza

Mannoza, S6N12O6 — monosaxarid; glyukoza izomeri. Molekulyar modda 180,16. Mikroorganizmlar va o’simliklar polisaxaridlari — mannanlar, Galaktamanlar, glyukomannanlar tarkibiga kiradi; ba’zi murakkab oqsillarning komponenti hisoblanadi. Suvda yaxshi eriydi, ta’mi shirin. Qaynash temperaturasi 132°. Tsitrus, anakard va karinokarp o’simliklari mevasida erkin holda uchraydi. Mannoza organizmda o’zining faollangan shakli — gaunozindifos-fatmannoza (GDFM) yordamida o’zgaradi.