Mansilar

Mansilar (ilgarigi nomi — vogullar) — Xanti-Mansi Muxtor o’lkasi (Rossiya Federatsiyasi)dagi xalq (6,6 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida 8,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mansi tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, an’anaviy diniy e’tiqodlar ham saqlangan.