Mansurov Muhriddin

Mansurov Muhriddin (1914.6.8, Namangan viloyati — 1988.7.1, Naman- gan) — O’zbekiston xalqartisti (1957). 1942 y.dan Namangan teatrida ishla- gan. «Maysaraning ishi» spektaklidagi Cho’ponali M.ning sahnadagi ilk obrazi- dir. M. san’-ati milliy xususi-yatlarga boyligi va o’ziga xosligi b-n bir qatorda yorqin dramatik aktyor hamdir. Ijodi- ga dramatik va foji-aviy rollar yaqin bo’lib, asosan, qahramonona, jasoratlar- ga qodir, irodali mard kishilar obrazi- ni yaratgan. Tabiatan kuchli, jarangdor (dramatik tenor) ovozga ega bo’lgan M., ayniqsa, musiqali spektakllarda kat- ta muvaffaqiyat qozongan. Haydar (K. Yashin; T. Jalilov, «Nurxon»), Tohir (S. Abdulla; T. Jalilov, «Tohir va Zuhra»), Majnun (Xurshid; T. Sodiqov, «Layli va Majnun»), Alpomish (S. Abdulla; T. Jalilov; B. Nadejdin, «Alpomish»), Farhod (K. Yashin; Yu. Rajabiy, «Farhod va Shirin»), Aziz, g’arib (A. Bobojon; K. Otaniyozov, «Aziz va sanam», «oshiq G’arib»), Annadaba-bu («Gang daryosining qizi»), Gloster, Gonzago («Qirol Lir», «Hamlet»), Boytemir («sarvqomat dil- barim»), shay-xulislom («Ibn Sino») kabi o’tkir dramatik rollari b-n Shuhrat qozondi.