Mantenya (Mantegna) Andrea
Mantenya (Mantegna) Andrea (1431, Veneto — 1506.13.9, Mantuya) — ital-Yan rassomi va o’ymakori, Uyg’onish davri namoyandasi, Paduya maktabi vaki- li. Qad. Rim haykaltaroshligi va me’- moriy bezaklarini o’rganishi, arxeo- logiya va epigrafika b-n shug’ullanishi M. san’atining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. M. diniy kompo- zisiyalarga inson shaxsining qudrati va afzalligini ta’kidlovchi qahramonona dunyoni anglash hissini olib kirdi. M. asarlari (Veronadagi San-Dzeno Majo- re cherkovi triptixi, 1457-59 va b.)da uning ijodiga xos bo’lgan qimmatbaho emalga qiyoslanadigan bo’yoq qatlamining metall jilosi shakllandi; manzarali zamin va atrof muhitdan muhim omilni ajratib ko’rsata olgan. 1460 y.dan man- tuyada Lodoviko Gonzago saroyida yasha- gan. M. asarlarida me’morlik (Real va chizilgan) b-n rangtasvir uyg’unligiga erishdi (San-Jorjo qasridagi «Del Spoza xonasi», 1447 va b.). «Tsezar tan- tanasi» asarlar turkumi (1485-88) qad. Rimning jiddiy ruhi b-n sug’orilgan; ma’joziy mifologik kompozisiyalari, monoxrom kartinalar turkumi («par- nas», 1497; «Samson va Dalila», 1500-y.) so’nggi davr asarlariga mansub. M. gra- vyuralari («dengiz xudolarining Jan- gi», 7 ta mis gravyura va b.) obrazlari – ning mahobatliligi b-n uning rangtas- viridan qolishmaydi, ularda kandakori nafis shakllar nozik chiziq (shtrix)lar b-n uyg’unlashgan.