Manyovr

Manyovr (Fransuzcha) — 1) qo’shinlar (flot qo’shinlari)ning dushmanga talafot yetkazish uchun qulay bo’lgan kuch va vositalar guruhini tuzish maqsadidagi harakatlari; 2) qo’shinlar (flot, aviasiya kuchlari)ning yirik 2 taraflama mashqi; qo’shinlarni qo’shilma va birlashmalarning komandirlari hamda shtablarini taktik, shuningdek, operativ tayyorlashning oliy shakli. Jangovar holatga yaqin sharoitda o’tkaziladi; 3) Lokomotivlar va vagonlarning stansiya yo’llarida harakat qilishi.