Maputu

Maputu (1976 y.gacha Lorensu-Mar- kish) — Mozambik poytaxti. Maputu viloyatining ma’muriy markazi. Mamla- katning Jan. qismida, Hind okeanining Delagoa buxtasi sohilida joylashgan. Iqlimi tropik, passatli iqlim. Yil- lik yog’in o’rtacha 780 mm. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 25,5°, iyulniki 18,2°. Aholisi 989 ming kishi (1997). Hind okeani sohilidagi yirik port (yillik yuk or- tib-tushirish 10 mln. t). Afrikani aylanib o’tiladigan yo’ldagi muhim tranzit punkti. M. por- tidan Zambiya va Zimbabve mamlakatlari ham foydalanadi. T.y. orqali JAR va Zimbabve b-n tutashgan. Port orkali chet- ga paxta, ko’mir, shakarqand, sizal eksport qilinadi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat Mar- kazi (mamlakat sanoat mahsulotining 55% ishlab chiqariladi). Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, poy-Abzal, to’qimachilik, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Vagonsozlik, kema ta’mirlash, tayyor qismlardan avtomo- bil yig’ish korxonalari, tamaki f-kasi ishlab turibdi. Shaxar yaqinida bir necha issiqlik elektr st-yasi qurilgan. Un-t, Mozambik, tarix va b. muzeylar, Milliy kutubxona, botanika va hayvonot bog’lari bor. Dengiz kurorti. Shahar 16-a.da por- tugallar bunyod qilgan qishloq o’rnida vujudga kelgan va bu erga birinchi bo’lib kelgan portugaliyalik sayyoh nomi b-n Lo- Rensu-Markish deb atalgan.