Marafon yugurishi
Marafon yugurishi – yengil atletikada katta yo’l (shosse) da 42 kilometr 195 metrni yugurib o’tish. Nomi va masofa uzunligi yunon askari haqidagi rivoyat bilan bog’liq: u Yunonistondagi Marafon qishlog’i bilan Afina o’rtasidagi taxminan 40 kilometr yo’lni yugurib o’tib, Afinaga yunonlarning forslar ustidan g’alabasi (miloddan avvalgi 490 yil) to’g’risidagi xabarni yetkazgan. Marafon yugurishi 1896 yildan Olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan.