Manqaldon, manqal

Manqaldon, manqal — ko’chma metall o’choq; asosan, bronza va chuyandan tayyorlangan ro’zg’or buyumi. Oyoqli va oyoqsiz, dastali va dastasiz qilib, dumaloq va serqirra (4, 8, 12 qirrali) shaklda ishlangan. Manqaldonning qirrasi qancha bo’lsa, oyoqlari ham shuncha bo’lgan. Manqaldonning devor qismi shabaka usulida panjarali, o’yma naqshlar bilan bezatilgan. Yerga mahkamlanadigan turi uchun bino asosidan murabba shaklli chuqur joy tayyorlanib, unga Manqaldon o’rnatilgan. 19-20-asrlarda saroy, turar joylarda xonalarni isitishda keng foydalanilgan.