Marathalar, marathlar

Marathalar, marathlar — Hindistonda yashaydigan xalqlardan biri, Maharashtra shtati aholisining asosiy qismini tashkil etadi. M.ning kichik guruhlari qo’shni Shtatlarda ham istiqomat qiladi. Umumiy soni 74 mln. kishini tashkil etadi (2001). Marathi tilida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, hinduizmga e’tiqod qiladi, musulmon- lar (asosan, shialar), buddaviylar va katoliklar ham bor. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik; ko’p tarmokli kustar hunarmandchilik va qadimdan den- giz savdosi rivojlangan. 15-a.da rus sayyohi Afanasiy Nikitin M.ning urf- odatlari, turmushi haqida batafsil ma’lumot qoldirgan. M. Hindistonning eng shakllangan millatlaridan biri bo’lib, til jihatdan hindevropa tilla- ri guruhiga kiradi. 18-a. o’rtalariga ke- lib jangovar M.ning qudratli davlati shim.da Hind vodiysigacha, Jan.da tan- jurgacha va Sharqda Bengaliyagacha bo’lgan hududni o’z ichiga olgan. Lekin 18-a.ning 2-yarmida bo-buriylar sulolasiga man- sub sultonlar b-n bo’lgan janglarda ancha kuchsizlangan. Keyinchalik Buyuk Brita- niya istilochilariga karshi olib borgan qattiq kurashlarda mag’lubiyatga uchrab, 19-a. boshlarida butunlay mustamlaka- chilarga bo’ysundirilgan. Hindiston mustaqillikka erishgach (1947), Maxa- rashtra milliy shtati tuzilgan (1960). M. o’zlarining boy milliy adabiyoti va san’ati b-n faxrlanadilar. Ajan- ta va Ellora gorlarida bunyod etilgan sangtaroshlik namunalari butun dunyo- ga mashhur. M. orasidan milliy ozod- lik harakatining tanikli vakillari etishib chiqqan. Ilg’or fikrlovchi M. hind jamiyatidagi konservativ kasta- chilik tizimini o’zgartirish lozimli- gini talab qilmoqdalar. Bu ortodok- sal hindularning qarshiligiga sabab bo’lmoqda. Ad.: Narodi Yujnoy Azii, M., 1963.